Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Norin tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20,22 avgust kunlari Namangan viloyatining Norin tumanida “Boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy va funksional quyi tizimlarining tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqida xabar berish tizimining tayyorgarligi va barqaror ishlashini tekshirish, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy quyi tuzilmasi organlarining favqulodda vaziyatlarda funksional vazifalarini bajarish yo‘nalishlarini aniqlashtirish, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni bajarishda moddiy-texnik ta’minot masalalarini hal etish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlarining    hamkorlikdagi harakatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tadbirlar davomida tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining jabrlanganlarni qabul qilish, yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf yetish,  talofat ko‘rgan hududdan jabrlanganlarni qidirib topish va xavfsiz hududga ko‘chirish, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf yetish kabi amaliy tadbirlar o‘tkazilib, unda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy quyi tuzilmalari xodimlarining soha yo‘nalishidagi bilim-ko‘nikmalari oshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech