Bugun, 24 sentyabr kuni soat 15:45 da Qoraqolpog‘iston Respublikasi Nukus shahar “Qumovul” MFY Cheginbayev ko‘chasida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 15:47 da yetib borib, yong‘in soat 16:20 da qurshab olingan va soat 17:05 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida bir biriga tutash qurilgan 4 ta uyning tahminan 357 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi.