Qariyb 2,5 ming fuqaro va 200 ta maxsus texnika – uch kun davomida FVV rahbarligida Nukus shahrida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarining ko‘lami shunday edi. O‘quv mashqlari jarayonida Favqulodda vaziyatlarning olini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi tarkibiga kiruvchi 40 ga yaqin tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlar davomida shartli ravishda sodir etilgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar sharoitida ixtisoslashtirilgan tuzilmalar xodimlarining barcha harakatlari qayta sinovdan o‘tkazildi. O‘quv mashqining rejasiga ko‘ra, yong‘in ro‘y bergan binodan odamlarni evakuasiya qilish, yong‘inni o‘chirish, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, evakuasiya qilingan insonlarni maxsus tayyorlangan punktlarga joylashtirish, shoshilinch tiklash ishlarini tashkil etish va boshqa tadbirlar o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotlariga mahalliy aholi ham jalb etildi. Tadbirlarda kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi barcha xizmatlarining tayyorgarligi to‘liq namoyish qilinib, yuqori saviyada o‘tkazildi.