FVV ogohlantiradi:
12 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan g'arbiy yo'nalishga o'zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi, Harorat 30-35*S issiq bo'ladi.

“Obod mahalla” dasturi doirasida

Joriy yilning 4 dekabr kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumani markazidan olis hududdagi “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘inida “Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi xodimlari tomonidan “Obod mahalla” dasturi doirasida dovon hududidagi aholi yashash punktlarining ichki yo‘llarini talab darajasiga keltirish, shu bilan birga aholining turmush  darajasini yanada yaxshilashga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqi davomida “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘inining ichki yo‘llarining ta’mirtalab joylariga maxsus texnikalar yordamida 70 m3 qum-shag‘al to‘kilib, yo‘llar tekislandi. O‘tkazilgan o‘quv mashqiga jami 14 ta texnika, 44 nafar shaxsiy tarkib jalb etildi. “Qamchiq” dovoni hududidagi aholi yashash punktlarida obodonlashtirish tadbirlari reja asosida davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech