FVV ogohlantiradi:
28-oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqatgina Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbiy yo'nalishga o'zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan, ba'zi joylarda 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, shimolda 0-3*S sovuq, kunduzi 10-15*S iliq bo'ladi.

Obod yurtim – obod mahallam

Bu yilgi aprel respublikamizning barcha viloyatlarida yomg‘irli ob-havosi bilan ajralib turibdi. YOg‘inlar miqdori esa oylik me’yordan oshib ketdi. Ayniqsa oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklaridagi yog‘ingarchiliklar mahallalar hududidan o‘tgan ariqlarga sig‘may ko‘plab aholi xonadonlari, hovli joylar, ko‘chalar va ijtimoiy ob’ektlar er to‘lalari va hovlilarini suv bosishiga sabab bo‘ldi. Surunkali yomg‘ir yog‘ish holatlari joylarda irrigatsiya tarmoqlarining tozaligiga, ariq va kollektorlarning o‘z vaqtida tozalanishiga mas’ul bo‘lgan mutasaddi tashkilotlarning tom ma’noda qilingan ishlarining natijasini ko‘rsatib qo‘ydi.

Samarqand viloyati hokimi tashabbusi bilan Samarqand shahar hududida 27-28 aprel kunlari “Obod Diyorim” shiori ostida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari o‘tkazildi. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish uchun har bir mahallaga viloyatning korxona, tashkilot va muassasalari biriktirilib, amaliy yordam berildi. Tadbir doirasida Samarqand shahar hududidagi mahallalardagi yomg‘ir suvlarini o‘tkazib yuborish maqsadida jami 16,8 km chiqindi bilan to‘lib qolgan irrigatsiya tizimlari, ariq va kollektorlarni tozalash, 1470 metr piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash, 4,3 km ichki yo‘llarga shag‘al to‘kish va tekislash, 4400 kv.metr gulzorlar tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshirildi.

 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech