Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

Kuni kecha ma'naviy yuksalish, bag‘rikenglik, yoshlarni kasbga yo‘naltirish va vatanparvarlik tadbirlari doirasida Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan 2-tibbiyot kolleji talaba-yoshlari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad kelajagimiz egalari hisoblangan yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, qutqaruvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, yurtimiz tinchligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qiladigan mard va jasur yigit-qizlarni kamol toptirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida yoshlar uchun qidiruv, yong‘in-qutqaruv texnikalari namoyishi, asbob-anjomlar ko‘rgazmasi tashkil qilinib, ularni ishlatish usullari  amalda ko‘rsatib o‘tildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech