FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

O‘G‘LONLAR YОDINI UNUTMAS VATAN

Ona-Vatan osoyishtaligi yo‘lida o‘z jonini garovga qo‘yib bo‘lsa-da, jonajon xalqining tinch va farovon yashashi uchun o‘zga yurtlarda qo‘liga qurol olib, dushman bilan qahramonlarcha kurashgan mard va jasur insonlarni qanchalik qadrlasak, bunga munosibdir. Shu boisdan ham ularning yorqin xotirasini yanada abadiylashtirish maqsadida har yili 9 may — Xotira va Qadrlash kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Jumladan, Ikkinchi jahon urushining suronli yillarida front va uning ortida xizmat qilib, mardlarcha halok bo‘lgan vatandoshlarimizni yodga olish, hayot bo‘lganlarini esa munosib qadrlash an'anaga aylangan. Chunki, bunday insonlardan kuch-quvvat olib, ular kabi matonatli, shijoatli va dovyurak bo‘lishga intilib yashaymiz.Ana shunday qahramonlardan biri Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, yong‘in-qutqaruv faxriysi, 96 yoshli iste'fodagi podpolkovnik Abduvohid Abidovdir. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdulla Xamidullaevich Qo‘ldoshev va bir qator vazirlik xodimlari bilan birgalikda 9 may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan urush faxriysi Abduvohid ota Abidov holidan xabar oldilar.O‘n sakkiz yoshida dushmanga qarshi jangga kirgan A.Abidov uzoq yillik jangu jadallardan so‘ng, yana to‘rt yil armiya safida xizmat qildi. O‘z yurtiga qaytib kelgach, hech ikkilanmasdan xizmatni davom ettirdi. Dastlabki faoliyatini poytaxtimizning hozirgi Mirzo Ulug‘bek tumani YoXBda o‘t o‘chiruvchilikdan boshlaydi. Keyinchalik, o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoq tufayli xizmat pillapoyalaridan ko‘tarila borib, IIV YoXBBda inspektorlikdan bo‘lim boshliqligigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Shu sababli o‘zining halol mehnati bilan elning nazariga tushadi. Shuningdek, u xizmatga kelgan yosh xodimlarga  ustozlik qilib, soha sir-asrorlarini ularga mukammal o‘rgatadi. Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshevga ayniqsa ustozning mehri bo‘lakcha edi.Oilada ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan bu inson turmush o‘rtog‘i Muqaddam aya bilan uch o‘g‘il va uch qizni tarbiyalab voyaga yetkazadi.Bugungi kunda Abduvohid Abidovning ikki nabirasi — Ibrohim va Sunnatilla Abidovlar yong‘in xavfsizligi xizmatida faoliyat yuritib, bobosi va otasining kasbini davom ettirib kelmoqda. Otaxonning e'tiborga molik xislati shundaki, u nafaqat oilasi, balki, mahallaning ham barcha a'zolariga maslahat berishni kanda qilmaydi. Bundan tashqari, tuman FVV bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda ham faol ishtirok etib, o‘zining sohaga oid bo‘lgan qimmatli fikrlarini o‘rtoqlashishdan charchamaydi. Shu sababli, Vazirlik  rahbariyati va faxriylar kengashi­ bu insonni doimo qo‘llab-quvvatlab, unga moddiy va ma'naviy tomondan ko‘mak berib kelayotir. – Men o‘zimga va boshqa faxriylarga ko‘rsatilayotgan bunday e'tibor va g‘amxo‘rlikdan minnatdorman – deydi,  Abduvohid Abidov. – Bu ham bo‘lsa, yurtimizdagi tinchlik va xotirjamlikning yorqin nishonasidir.Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarni xotirlash, hayot bo‘lganlarini esa qadrlash, tabarruk otaxonu onaxonlarimizga izzat-ikrom ko‘rsatish barchamizning muqaddas burchimizdir. Ana shundagina ajdodlarimizga bo‘lgan ehtirom tuy­g‘u­si xalqimiz qalbida abadiy yashaydi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech