Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Ogohlik – xavfsiz hayot kafolati: Navoiy viloyatida profilaktik tadbir

Aholini va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan daxldor tashkilotlar hamkorligida uyushqoqlik bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan birini Navoiy viloyati misolida ko‘rishimiz mumkin. Unda FVB xodimlari tomonidan ijtimoiy soha obyektlari, odamlar gavjum joylarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga yong‘in, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, is gazining hosil bo‘lish sabablari, belgilanmagan joylarda cho‘milmaslik va boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish borasida keng qamrovli tushunchalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida aholiga mavzuga doir tavsiyaviy buklet va eslatma materiallar tarqatildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech