Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Olmaliq shahrida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

Bugun, 16 aprel kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida uch kun davom etgan “Boshqaruv organlari FVDT hududiy quyi tizimining tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusidagi qo‘mondonlik - shtab o‘quv mashqi yakunlandi.

Unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda FVDT hududiy quyi tizimlarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish hamda muvofiqlashtirish o‘quv mashqining bosh maqsadi bo‘ldi. 

Shuningdek, o‘quv mashqida viloyat aloqa va markazlashlgan xabar berish tizimini barqaror ishlashini tekshirish, favqulodda vaziyat hududdan aholi evakuasiyasi, ularga hayot maromini ta'minlovchi zaruriy shart-sharoitlar yaratish, shuningdek qutqaruv ishlarni olib borishda moddiy-texnik ta'minot masalalarini ko‘rib chiqish harakatlari ham amalda bajarildi. 

Tadbir so‘nggida, mutaxassislar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech