Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Olmaliqda o‘quv mashqi o‘tkazildi

Kuni kecha, Toshkent viloyati Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan FVDTga kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

O‘quv mashqida aholi va hududlarni muhofaza qilish funksiyasiga ega bo‘lgan hamkor tashkilot va idoralar xodimlarining aytilgan joyga o‘z vaqtida yetib kelishi hamda kuch va vositalarning shayligi saf ko‘rigi orqali ko‘zdan kechirildi. 

Shuningdek, mashg‘ulot davomida mutaxassislar tomonidan tadbir qatnashchilariga yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech