Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
22 iyun kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbiy yo‘nalishdan sharqiy yo‘nalishga o‘zgarib 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 31-36 С issiq bo‘ladi.

Olmazor politexnika kolleji o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

2017 yilning 12 sentyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh xodimlari Toshkent shahridagi Olmazor politexnika kollejida “Qutqaruvchi” mutaxassisligi bo‘yicha bilim olayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida, Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari K.Aripov nutq so‘zlab, o‘z nutqida Prezidentimiz rahnamoligida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tizmini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganligini, FVV va FVDT tuzilmalarini malakali kadrlar bilan ta’minlashni jahon talablariga javob beruvchi darajaga ko‘tarish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

“O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, o‘quvchi va talabalarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib kamolga yetishishlariga qanot bag‘ishlash maqsadida I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Namangan davlat universiteti, Andijon mashinasozlik, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari va Toshkent kimyo-texnologiyalari institutlari hamda Samarqand axborot texnologiyalari, Andijon qurilish va transport, Olmazor politexnika hamda Toshkent viloyatining Chingeldi maishiy xizmat kollejlarida qiziqarli davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazildi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 iyundagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3030–sonli Qaroriga muvofiq, aholi va hudularni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini tubdan o‘zgartirish, mutaxassislarni tayyorgarlikdan o‘tkazishning yagona tizimini yaratish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish samaradorligini oshirish maqsadida I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Namangan davlat universiteti, Andijon mashinasozlik, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari va Toshkent kimyo-texnologiyalari institutlarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi uchun mo‘ljallangan – 5640100 – “Hayot faoliyati xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotli bakalavrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

E’tiborlisi, Fuqaro muhofazasi institutida 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab 5A640103 – “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishi ochildi.

Shuningdek, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘sib kelayotgan avlodni kasbga yo‘naltirish, ularni favqulodda vaziyatlarda harakat qilish hamda fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni bajarish bo‘yicha bilim-ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Andijon qurilish va transport, Samarqand axborot texnologiyalari, Olmazor politexnika hamda Toshkent viloyatining Chingeldi maishiy xizmat kollejlarida “qutqaruvchi” kasbi bo‘yicha “qutqaruvchi-haydovchi”, “g‘avvos-qutqaruvchi”, “dizenfeksiya instruktori”, “dozimetrist” va “gazdan qutqaruvchi” kabi mutaxassislar tayyorlanadi.

  Davlatimiz rahbarining  2017 yil 2 iyundagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3030–sonli Qarori bu boradagi ishlarni amalga oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida, kollej o‘quvchilariga Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga oid hujjatli film namoyish etildi. Shuningdek, Fuqaro muhofazasi instituti mutaxassislari tomonidan sohaga oid o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ko‘rgazmasi, Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazi qutqaruvchilari tomonidan qutqaruv texnikalari va asbob-anjomlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

Matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar

O‘z vaqtida amaliy yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 9 iyun kuni soat 21:00 larda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatining 1050 tezkor raqamiga, Buxoro shaharida yashovchi fuqaro M. D. tomonidan…

BRIFING O‘TKAZILDI

2018 yil 31-may kuni Ozbekiston Milliy matbuot markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 2018 yilda sel-toshqin va kochki hodisalari bilan bogliq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlar…

Fransiya tajribasi o‘rganildi

2018 yilning 29-30 may kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida Fransiyaning Ichki ishlar vazirligi Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish Bosh direks…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech