FVV ogohlantiradi:
29 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, bazi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yomg'ir qor yog'adi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida “Matiz” rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun 1-dekabr kuni soat 09:10da Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Beruniy ko‘chasida “Matiz” rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 09:13da yetib borib, 09:14da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi.

Xozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Barcha haydovchilardan o‘z boshqaruvidagi avtotransport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech