FVV ogohlantiradi:
21 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina, kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo'yicha ayrim joylarda qisqa muddatli qor yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3*S sovuq-2*S iliq, kunduzi 7-12*S iliq bo'ladi, shimolda 3*S sovuq -2*S iliq bo'ladi.

Onahonga yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 5 may kuni soat 22:40 larda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar bosharmasining navbatchilik qismi “1050” qisqa raqamiga Urganch shaxrida yashovchi fuqaro R.S xonadoni eshigi quliflanib qolganligi hamda ichkarida qolgan onasi eshikni ocha olmasligini bildirib yordam so‘rab murojaat qilgan.

 Qutqaruv otryadi zudlik bilan ko‘rsatilgan manzilga etib borib, mahsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida eshikni ochishga muvofiq bo‘lishib onaxonga yordam ko‘rsatishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech