FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

Onaxonga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatildi  

Bugun, 3 avgust kuni soat 11:05 da Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Farg‘ona shahri ko‘chalarining birida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatida istiqomat qiluvchi fuqaroning kechadan buyon ko‘chaga chiqmayotganligi, qo‘shnilar tomonidan chaqirilganda, hech kim javob bermaganligidan xavotirlanib, murojaat qilingan. 

Qutqaruvchilar tomonidan profilaktika inspektori hamkorligida   maxsus uskunalar yordamida 3-qavatda joylashgan xonadonning balkoni orqali uyga kirilib, eshik ochildi va xonadon yotoqxonasida fuqaroning betob bo‘lib yotib qolganligi aniqlandi.

Onaxonga birinchi yordam ko‘rsatilib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifokorlarga topshirildi. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech