FVV ogohlantiradi:
28 mart kuni ob-havo o'zgaruvchan, yomg’irgarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/c (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 15-20*C iliq bo'ladi.

Onaxonga yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 1 aprel kuni soat 11:15da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi  tezkor navbatchilik qismi “1050” raqamiga Samarqand shahrida yashovchi fuqaro R.Mirzayeva qo‘ng‘iroq qilib, 1938 yilda tug‘ilgan qo‘shnisi A.Kolomichenko qo‘ng‘iroqlarga javob bermayotgani sababli, qo’shnisi uyining temir eshigini ochishga yordam berishni so‘rab murojaat qiladi.

Kapitan A.To‘rayev boshchiligida boshqarma qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yetib bordilar. Voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida to‘rt qavatli uyning uchinchi qavatida joylashgan xonadonga balkon orqali kirishadi. Xonadon ichiga kirishganida A.Kolomichenko polda yotgan holda topildi. Qutqaruvchilar tomonidan jabrlanuvchiga o’z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech