Ayni daqiqalarda "Qamchiq" dovonida qor yog‘moqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘lni qordan tozalash va muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish ishlarini muvofiqlashtirib bormoqda. 11-13 mart kunlari A-373 “Toshkent O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonida vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘lishi, qor uyumlari yig‘ilishi, tuman tushishi va ko‘ruvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.