FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

OQILONA ISLOHOTLAR E'TIROFI

    FVV Markaziy apparatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligiga bag‘ishlab tashkil qilingan ma'naviy-ma'rifiy mashg‘ulotda Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Feruza Muhitdinova ishtirok etdi.

    Ma'ruzachi o‘z so‘zida Bosh qomusimizning hayotimiz, davlatimiz siyosatida tutgan beqiyos o‘rni, unga asosan hozirda butun respublikamizda, jamiyatimizda hayotbaxsh islohotlar olib borilayotganligi, oqilona ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yuritilayotganligini alohida e'tirof etdi.

     Shuningdek, mazkur islohotlar jarayonida davlat tiliga e'tiborning tarixiy mazmun kasb etganligi ham qayd etib o‘tildi. O‘z o‘rnida, o‘zbek tili Bosh qomusimizga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining davlat tili ekanligi, uni barchamiz hurmat qilishimiz, qadrlashimiz, rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishimiz lozimligi, muhtaram Yurtboshimizning BMT yuksak minbaridan turib, o‘zbek tilida nutq so‘zlaganliklari bu borada barchamiz uchun ibrat va namuna, o‘ziga xos dastur ekanligi aytib o‘tildi.

      Darhaqiqat, davlat tiliga e'tibor, mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘lish barchamizning burchimizdir.

 

                                                                           Bahodir Valiyev,

FVV maslahatchisi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech