FVV ogohlantiradi:
11 dekabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Joylarda yomg'ir qor yog'ib,tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbga 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayadi. Harorat 8-13C iliq, shimolda 3-8C iliq buladi

O`quv mashqi o`tkazildi

Kuz-qish mavsumida aholini is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasi chaqnashi, yong`in bilan bog`liq favqulodda vaziyatlardan oldini olishda boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining hamkorligini muvofiqlashtirish maqsadida joriy yilning 15 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Osiyo savdo majmuasi” MChJ hududida Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) funksional quyi tizimlari bilan “2019-2020 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va betalofat o‘tkazish hamda aholi punktlarini, ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarni elektr energiyasi, tabiiy (suyultirilgan) gaz va qattiq yoqilg‘i (ko‘mir) mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash tizimini tashkil etish” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashqidan ko‘zlangan maqsad viloyat FVDqT xizmatlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning 2019-2020  yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va betalofat o‘tkazishga jalb etiladigan kuch va vositalarning tayyorgarlik holatini tekshirish, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tezkor bartaraf etishda yig‘ma komandalar kuch va vositalari hamda FVDqT tizimlari xizmatlarining hamkorlikda harakatlarini yanada takomillashtirishdan iborat.

O‘tkazilgan tadbirga jami 335 nafar xodim va 160 ta texnika jalb etildi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech