FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

O‘QUV MASHQLARI HAYOT DARSLARI

     Joriy yilning 20 noyabr kuni “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining “Ko‘l” stansiyasida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbir davomida hududda kuchli ta'sir etuvchi moddalarning atrof muhitga tarqalishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha shaxsiy tarkib va kuch-vositalarining shayligi sinovdan o‘tkazildi.

     Xulosa o‘rnida aytganda, o‘quv mashqlari shaxsiy tarkibni amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni o‘z vaqtida, samarali bartaraf etishga xizmat qiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech