Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
21 iyul kuni ob-havo kam bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 38-43 С, shimolda, janubda va cho'l hududlarda 44-45 С gacha issiq bo‘ladi.

O‘quv seminari o‘tkazildi

Joriy yilning 5 oktyabr kuni Xorazm viloyati FVB tomonidan tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarning birinchi qismida, soha mutaxassislari tomonidan “Tabiiy va is gazi hamda ovqatdan ommaviy zaharlanishlarni oldini olish”, “Quturish kasalligiga qarshi kurashish”, “Qo‘lbola usulda yasalgan elektr va gaz uskunalaridan foydalanmaslik” mavzularida ma’ruzalar o‘qib eshittirildi. Shuningdek, tadbir qatnashchilarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar va ijobiy tavsiyalar berildi.

Tadbirning amaliy qismida, maktab o‘quvchilariga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Yong‘in xavfsizligi bo‘limi tomonidan asbob-anjomlarning ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ko‘rgazma davomida bo‘lajak qutqaruvchilar, qutqaruv asbob-anjomlarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

O'xshash yangiliklar

Idoralararo kengash yig`ilishi bo`lib o`tdi

2018 yil 18 iyul kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy is…

O‘z vaqtida qutqarilgan qizcha

Joriy yilning 15 iyul kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida Todakol suv havzasining chomilish uchun moljallangan qismida, 2010 yilda tugilgan A.Z ismli qizcha ota-onasi bilan chomilishga keladi. Shu…

E’lon

Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzurida, Jamoatchilik kengashi tarkibiga nomzodlar korib chiqilayotganligi sababli, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ko`p yillar davomi…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech