FVV ogohlantiradi:
5 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib,ayrim joylarda yomg'ir yog'adi . Faqatgina Qaraqoipog'iston Respublikasi Xorazim Andijon Namangan va Farg'ona viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydikunning Shamol sharqdan 7-12 m/c(25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7*S iliq, kunduzi 5-10*S iliq bo'ladi.

O‘quvchi yoshlar FVV Fuqaro muhofazasi institutida tayyorgarlikdan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininng 2019-yil 9-sentabrdagi “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 754-sonli qaroriga asosan, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash belgilangan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiya huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazida 2021-yil 19-oktabr kuni Yashnobod tumanining 160-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 26 nafar 8-sinf o‘quvchilari bilan barcha turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda, innovatsion interaktiv 3d ko‘zoynaklari yordamida o‘tkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech