FVV ogohlantiradi:
15 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 20-25*S iliq bo'ladi.

O‘quvchi-yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

Kuni kecha ma'naviy yuksalish va vatanparvarlik tadbirlari doirasida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Termiz shahrida joylashgan 11-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchi-yoshlari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, kelajagimiz egalri bo‘lgan yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, qutqaruvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib, yurtimiz tinchligi yo‘lida mard va jasur yigit-qizlarni kamol toptirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida yoshlar uchun yong‘in-qutqaruv texnikalari namoyishi, asbob-anjomlar ko‘rgazmasi va ularni ishlatish usillari amaliy mashg‘ulot maydonchasida amalda ko‘rsatib o‘tildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech