Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

O‘QUVCHILAR BILAN UCHRASHUV

Bugun, 17 may kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumani Favqulodda vaziyatlar hamda Xalq ta'limi bo‘limi hamkorligida tuman hududida joylashgan 18-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Qutqaruvchi va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Unda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, milliy armiyamizning jangovar salohiyati, vakillarimizning harbiy musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtiroki haqida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar zamonaviy yong‘in-qutqaruv texnikalari va anjomlari bilan yaqindan tanishib, ushbu sohaga oid qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, o‘quvchi va pedagog-ustozlarga sodir bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish jarayoni namoyish etilib, yong‘in vaqtida o‘quvchilarni evakuasiya qilish, maktab jihozlarini xavfsiz joyga olib chiqish tartib-qoidalari tushuntirildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, faol o‘quvchilar “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klubiga qabul qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech