O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishi asosida Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari hamda Sirdaryo viloyati FVB xodimlari tomonidan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Tadbir davomida aholi yashash xonadonlarida gaz anjomlaridan xavfsiz foydalanish, isitish tizimi dudburonlarni sozligini tekshirish va tozalash ishlari, xonadonlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, mahallalar hududidagi ko‘p qavatli uylarning dudburonlari va gaz plitalari ham nazoratdan o‘tkazilib, nosozlari soz holga keltirildi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda “Hududgazta'minot” AJ xodimlari bilan birgalikda tayyorlangan 2500 dan ortiq eslatma va yo‘riqnomalar fuqarolarga tarqatildi.
Bu boradagi tadbirlar respublika bo‘ylab o‘tkazilib kelinmoqda.