Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

O‘rganish va targ‘ibot tadbirlari Urgut tumanida

Bugun, 1-noyabr kuni Samarqand viloyati Urgut tumani 1 sektor shtabida FVV rahbarligida tumani FVDTga kiruvchi tashkilot va idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etildi.

Ishchi guruhning vazifasi hududda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarni oldini olishdan iborat bo‘ldi. Amaliy harakatlar davomida soha xodimlari tumanda joylashgan mahallalarda uyma-uy yurib aholi yashash xonadonlari, ko‘p qavatli xonadonlar hamda savdo maskanlari, bozorlar, davlat tasarufidagi obyektlarda fuqarolarni is gazidan zaxarlanish, botulizm, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va boshqa ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha tushintirish ishlari olib borilib, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf choralari ko‘rilmoqda.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech