Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Orolchadan evakuatsiya

2017 yilning 6 iyul kuni soat 22:07 FVV navbatchilik qismiga cho‘milish qoidalarini buzganligi natijasida bir kishi Toshkent sh. Bektemir tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining chap tomonidagi qirg‘og’i yonida joylashgan kichik orolchaga tushib qolgan va uni qutqarish uchun yordam so‘rayotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra FVV qutqaruv otryadi Bektemir tumani IIB xodimlari bilan voqea joyiga 22:20 yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan, tungi vaqtda cheklangan ko‘rinishga va qattiq oqimga qaramasdan maxsus qayiqda fuqaro Muzaffarni (21 yosh) qutqarib olingan, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va yaqinlariga topshirdilar.      

Eslatib o‘tamiz, Chirchiq daryosining suv sathi o‘rtayil me’yoridan ko‘p bo‘lganligi sababli dryoda cho‘milish xayotingizga xavflidir!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech