Joriy yilning 25 mart kuni Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchi qismiga bir ayol yordam so`rab murojaat etadi. Aniqlanishicha, uning farzandi koptokni olish maqsadida eni 20-25 sm keladigan garaj orasiga siqilib qolgan. Mazkur murojaat yuzasidan qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib bordilar. Tahminan 5 daqiqa davomida qutqaruvchilar, maxsus texnika yordamida o`spirin bolani qutqarib olishadi va ota-onasiga sog`-salomat topshirdilar.