Birinchi YTX yakshanbaga o‘tar kechasi “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining 250-kilometrida, Qamchiq dovonida sodir bo‘ldi. «Gentra» rusumli avtomashina haydovchisi rulda uxlab qolgan, natijada u yo‘l bo‘yidagi xandaqga tushib ketgan. Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruv guruhi yetib kelgan. Maxsus texnika yordamida avtomobil' yo‘lga chiqarildi. Avtomobil' xaydovchisiga jiddiy tan jarohati yetmagan.
Taxminan yo‘lning o‘sha qismida, bir necha soatdan keyin yana ikkita YTX yuz berdi. Avvaliga «Gentra», keyin esa «Nexia» yo‘l bo‘yidagi xandaqga tushib ketgan. Ikkala holatda ham avtomobil' haydovchilari boshqaruvni yo‘qotgan. Asosiysi, ikkala hodisa ham qurbonlar va jarohatlarga olib kelmadi. Qutqaruvchilar tomonidan avtomashinalar yo‘lga chiqarib, haydovchilarga amaliy yordam ko‘rsatildi.