Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Oylik qizg‘in davom etmoqda

Joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar respublika hududida o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasida Yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi tomonidan tezkor shtab, ishchi guruhi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Oylik davomida olib borilayotgan tekshiruvlar davomida asosiy e'tibor qo‘riqlanayotgan ob'ektlarda mavjud bo‘lgan yong‘indan avtomatik ravishda xabar beruvchi uskunalar, avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirishga mo‘ljallangan ichki va tashqi suv tarmoqlari hamda zaxira chiqish yo‘lakchalarining sozligiga qaratilmoqda.

O‘tkazilgan uchrashuv va suhbatlar davomida ob'ekt ishchi va xizmatchilariga taqiqlangan uskunalardan foydalanmaslik tushuntirilib, yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘zida aks ettiruvchi videoroliklar nomoyish etilmoqda. Ko‘p adadda buklet, panno va plakatlar foydalanish uchun tarqatilmoqda.
O‘z navbatida, yurtdoshlarimizni ushbu oylikda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech