FVV ogohlantiradi:
21 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina, kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo'yicha ayrim joylarda qisqa muddatli qor yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3*S sovuq-2*S iliq, kunduzi 7-12*S iliq bo'ladi, shimolda 3*S sovuq -2*S iliq bo'ladi.

O‘z vaqtida amaliy yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 9 iyun kuni soat 21:00 larda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatining 1050 tezkor raqamiga, Buxoro shaharida yashovchi fuqaro M. D. tomonidan qo‘ng‘iroq orqali murojaat qilinib, uning uyiga kirish yo‘lagida ilon borligini uyiga kiraolmayotganligini bildirib amaliy yordam so‘radi.

Voqea joyiga Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv otryadi  zudlik bilan etib borib, xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda, ilon ushlab olindi va aholi hududidan uzoq masofadagi xavfsiz hududga chiqarib qo‘yib yuborildi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech