Joriy yilning 9 iyun kuni soat 21:00 larda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatining 1050 tezkor raqamiga, Buxoro shaharida yashovchi fuqaro M. D. tomonidan qo‘ng‘iroq orqali murojaat qilinib, uning uyiga kirish yo‘lagida ilon borligini uyiga kiraolmayotganligini bildirib amaliy yordam so‘radi.
Voqea joyiga Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv otryadi zudlik bilan etib borib, xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda, ilon ushlab olindi va aholi hududidan uzoq masofadagi xavfsiz hududga chiqarib qo‘yib yuborildi