FVV ogohlantiradi:
28-oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqatgina Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbiy yo'nalishga o'zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan, ba'zi joylarda 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, shimolda 0-3*S sovuq, kunduzi 10-15*S iliq bo'ladi.

O‘Z VAQTIDA KO‘RILGAN CHORALAR NATIJASIDA HAYDOVCHINING HAYOTI SAQLAB QOLINDI !

Joriy yilning 16 fevral kuni soat 04:15da “Qamchiq” dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lining 249 km. qismida “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan “MAN” rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ag‘darilib ketgan. Yo‘l-trasport hodisasi oqibatida haydovchi U.A.ning o‘ng oyoq qismi qisilib qolgan.
Mazkur hodisa yuzasidan navbatchi kichik serjant Y.Maxmetov boshchiligidagi qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida jarohatlangan fuqaroni chiqarib olishgan. Qutqaruvchilar tomonidan birinchi tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilib, “Rezak” tez tibbiy yordam xodimlari orqali Pop tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida haydovchining hayoti saqlab qolindi.
Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi oqibatini bartaraf etish va xavfsiz harakatni ta'minlash maqsadida, “Qamchiq” dovonidagi Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi fuqaro muhofazasi xizmatlaridan 18 nafar xodimlar, 5 ta maxsus texnikalar jalb etildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, yuk tashish faoliyati bilan shug‘illanuvchi uyushma va korxonalar tomonidan haydovchilarga tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni yaratishini hamda dovon orqali harakat xavfsizlgi bo‘yicha qo‘shimcha instruktiv-mashg‘ulotlarni o‘tkazishni tavsiya etamiz.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech