FVV ogohlantiradi:
7 mart kuni ob-havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg'irgarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m / s tezlikda esadi (25-43 km / soat). Kechasi 0-5*C iliq', kunduzi 8-13*C daraja issiq bo'ladi.

O‘z vaqtida qutqarilgan qizcha

Joriy yilning 15 iyul kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida “To‘dako‘l” suv havzasining cho‘milish uchun mo‘ljallangan qismida, 2010 yilda tug‘ilgan A.Z ismli qizcha ota-onasi bilan cho‘milishga keladi. Shundan so`ng, nazoratsiz qolgan bola havo orqali to‘ldirilgan ballon yordamida cho‘milayotgan vaqitida suvga tushib, cho‘ka boshlagan. Mazkur voqeani kuzatib turgan va ayni damda navbatchilikni o‘tayotgan Navoiy viloyati FVB qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borib, qutqaruv ishlariga kirishadi. Amalga oshirilgan sayi-harakatlar natijasida, qizcha o‘z vaqtida qutqarib qolindi hamda ota onasiga sog‘-salomat topshirildi.

Hurmatli ota-onalar! Cho‘milishga borganingizda, farzandlaringizni qarovsiz qoldirmang.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech