FVV ogohlantiradi:
13 noyabr kuni ob-xavo joylarda o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 10-15 C iliq bo'ladi.

O‘z vaqtida yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 8 noyabr kuni soat 11:03 larda Surxondaryo viloyati FVB tezkor navbatchilik guruhiga Termiz shahar I. Karimov ko‘chasida istiqomat qiluvchi  fuqaro Y. M. dan murojaat kelib tushdi.

Unga ko‘ra, fuqaro xonadonining eshigi ichkaridan berkilib qolganligi va bir nafar yosh bolasi yolg‘iz qolib ketganligi ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, A.Utebayev boshchiligidagi navbatchi guruxi tezkorlik bilan voqea joyiga yetib bordilar. Qutqaruvchilarning o‘z vaqtida maxsus asbob-anjomlar yordamida qilgan xarakatlari natijasida uy eshigi ochib berildi. Uy ichida qolib ketgan 2 yoshdagi N.X. ota onasiga sog‘-salomat topshirildi.

O‘z vaqtida ko‘rilgan zarur chora-tadbirlar natijasida yana bir ko‘ngilsiz voqeani oldini olishga erishildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech