FVV ogohlantiradi:
28-oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqatgina Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbiy yo'nalishga o'zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan, ba'zi joylarda 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, shimolda 0-3*S sovuq, kunduzi 10-15*S iliq bo'ladi.

"O‘zbek tili bayrami": bu ayyom barchamizniki!

Joriy yilning 21 oktyabr sanasi mamlakatimizda ilk bora "O‘zbek tili bayrami" kuni sifatida keng nishonlanadi. Joriy yilning 21 oktyabr sanasi mamlakatimizda ilk bora "O‘zbek tili bayrami" kuni sifatida keng nishonlanadi. Hozirda joylarda ushbu bayramga bag‘ishlab turli tadbirlar, uchrashuv va suhbatlar tashkillashtirilmoqda. Bulardan maqsad bayramni yuqori saviyada o‘tkazish, ona tilining qadr-qimmatini o‘rniga qo‘yish, davlat tilini rivojlantirish, albatta.

Xususan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham vazirlik rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan ushbu bayramni ko‘tarinkilik bilan nishonlashga asosiy e'tibor qaratilmoqda. Joylarda shoir, adiblar va san'atkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, tizim xodimlari o‘rtasida ona tili targ‘iboti yanada kuchaytirilmoqda. Ma'naviyat va ma'rifat mashg‘ulotlarida davlat tiliga e'tibor mavzularida mutaxassislarning ma'ruzalari tashkil qilinib, xodimlarga davlat tilida ish yuritish yuzasidan saboqlar berilmoqda.   

Bunday tadbirlarni yanada kuchaytirish lozim, chunki ona tili barchamiz uchun ona, vatan tushunchalari kabi qadrlidir. Davlat tili so‘zi mustaqillik so‘ziga naqadar yaqin va chambarchas bog‘liqdir.    

Shunday ekan, har birimiz egallab turgan vazifamizdan qat'i nazar, davlat tilini qadrlash, unga ehtirom ko‘rsatishda doimo faol bo‘lishimiz zarur. Qolaversa, tobora yaqinlashib kelayotgan "O‘zbek tili bayrami" kuni barchamizdan ona tili targ‘iboti yo‘lida fidoyi bo‘lishimizni talab qiladi.   

Unutmasligimiz kerakki, bu bayram barchamizniki. Uni nihoyatda go‘zal, yuqori kayfiyatda, munosib nishonlash uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solishimiz kerak. Zero, ona tilimiz - hayotimiz, borlig‘imiz, umrimiz mazmunidir. 
           

Bahodir Valiev, FVV maslahatchisi

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech