FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotgan “Kazspas-2021” qutqaruv yig‘in-seminari va “Jer-2021” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari doirasida qutqaruv musobaqalarida qatnashmoqda

2021 yil 21-27 sentyab' kunlari “Skalniy gorod-Astana” o‘quv poligoni hududida (Qozog‘iston Respublikasi, Olmaota viloyati) chegaradosh davlatlar hududlarida halokatli zilzilalar yuz berganda hamkorlikdagi harakatlarini tashkil etish yuzasidan "Jer-2021" Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi va "Kazspas-2021" qutqaruv yig‘in-seminari doirasida qutqaruv musobaqalari o‘tkaziladi.

"Jer-2021" o‘quv mashqlari joriy yilning 21-22 sentyabr' kunlari shartli ravishda sodir bo‘lgan zilzila natijasida vujudga keladigan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuch va vositalarni harakatga tayyorlash maqsadida olib borilmoqda. Chegara davlatlari hududlarida keng ko‘lamli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda davlatlararo hamkorlikni tashkil etish tadbirlarida Belarus', Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar idoralari qutqaruv tuzilmalari mashg‘ulotlarda ishtirok etishadi.

"Jer-2021" o‘quv mashqlari tugagandan so‘ng, joriy yilning 23-27 sentyabr kunlari "Kazspas-2021" qutqaruv tuzilmalarining yig‘in-seminarini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, uning doirasida qutqaruvchilar o‘rtasida ko‘pkurash musobaqalari o‘tkaziladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech