Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

O‘zbekiston qutqaruvchilarining qidiruv-qutqaruv ishlari yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot

Turkiyaning Hatay viloyatidagi qidiruv-qutqaruv jarayonlariga jalb etilgan qutqaruvchilarimizdan yaqinda yangi ma'lumotlar kelib tushdi. Oxirgi soatlar mobaynida O‘zbekiston FVV xodimlari tomonidan halok bo‘lganlar vayronalar ostidan yana chiqarib olindi. Qutqaruvchilarimizning vayronalar ostidan olgan jasadlarining umumiy soni 50 nafarga yetdi. Avval xabar berilganidek, bugun erta tongda O‘zbekistondan navbatdagi insonparvarlik yordami Hatayga yetkazildi. Mazkur bortning otrga qaytishida vayronkor zilzilada jabrlangan O‘zbekistonning 11 nafar va Qirg‘izistonning 6 nafar fuqarosi Toshkentga evakuasiya qilindi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech