Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri A. Qo‘ldoshev BMT Bosh kotibining tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha maxsus vakili Mami Mizutori bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 23-may kuni Indoneziyaning Bali shahrida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha global platformaning (GP-2022) 7-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Besh kun davom etadigan forum doirasida qator tadbirlar jumladan, davra suhbatlari, o‘quv seminarlari, yalpi majlislar, xalqaro ekspertlarning ma'ruzalari taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston Respublikasidan Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligidagi delegasiya ham ishtirok etmoqda. Sessiyaning birinchi kunida Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari BMT Bosh kotibining Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Maxsus vakili Mami Mizutori xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida mazkur mavzu bo‘yicha tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, suhbat davomida Favqulodda vaziyatlar vaziri Mizutori xonimga bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida aholini va hududlarni tabiiy ofatlardan muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan jiddiy islohotlar haqida ma'lumot berdi. Forumning qolgan tafsilotlari keyingi nashrlarimizda e'lon qilib boriladi.   

 

FVV Matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech