Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ttiz yilligi bayrami munosabati bilan tizim xodimlari hamda faxriylariga yo‘llagan bayram tabrigi

Assalomu alaykum qadrli hamkasblar!

Bosh qomusimiz — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ttiz yilligi shodiyonasi munosabati bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha harbiy xizmatchilari, qutqaruvchi va xizmatchilarini, ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchi — o‘quvchilarini, shuningdek, aziz faxriylarimizni samimiy muborakbod etaman.

Asosiy qonunimiz xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta'minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e'tiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlar natijasida Bosh qomusimiz haqiqiy xalq Konstitutsiyasiga aylanmoqda. Konstitutsiyamizni chuqur o‘rganish, anglash, hayotga joriy etish va unga so‘zsiz amal qilish – barchamizning sharafli burchimizdir.

Fursatdan foydalanib, ayyom munosabati bilan sizlarga mustaxkam salomatlik, oilaviy farovonlik, dasturxoningizga qut-baraka, sharafli vazifangizda omad va muvaffaqiyatlar tilagan holda, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi bayrami bilan tabriklayman.

Ushbu qutlug‘ kunda xalqimiz farovonligini ta'minlash, fuqarolarni o‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berishdek mas'uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.  

Shonli sana barchamizga qutlug‘ bo‘lsin!

                

     Hurmat bilan, 

  Vazir

         general-mayor   

        A.X.Qo‘ldoshev

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech