FVV ogohlantiradi:
7 mart kuni ob-havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg'irgarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m / s tezlikda esadi (25-43 km / soat). Kechasi 0-5*C iliq', kunduzi 8-13*C daraja issiq bo'ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraev Moskva shahriga tashrif buyurdi

2017 yilning 22 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan ikki tomonlama hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraev Moskva shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida R.Djuraev Rossiya Federatsiyasi FVV Milliy Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, kelgusida doimiy axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Milliy boshqaruv markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazlari  o‘rtasida videokonferensiya yig`ilishi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi.

 

FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech