2017 yilning 22 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan ikki tomonlama hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraev Moskva shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida R.Djuraev Rossiya Federatsiyasi FVV Milliy Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, kelgusida doimiy axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Milliy boshqaruv markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazlari o‘rtasida videokonferensiya yig`ilishi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi.
FVV Matbuot xizmati