O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining delegatsiyasi 2018 yil 3-6 iyul kunlari Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahrida 3-6 iyul kunlari tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo'yicha vazirlar konferentsiyasida ishtirok etmoqda. Tadbirdan ko'zlangan maqsad 2015-2030 yillarga mo'ljallangan Tabiiy ofatlar havfini kamaytirish bo'yicha Sinday dasturini amalga oshirish va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasida tajriba almashish masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Anjumanda Dunyoning 60dan ortiq, shu jumladan, Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlaridan vakillar qatnashmoqda. Tadbir natijasida Ulaanbaatar deklaratsiyasi qabul qilinadi.
FVV matbuot xizmati