FVV ogohlantiradi:
13 noyabr kuni ob-xavo joylarda o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 10-15 C iliq bo'ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi delegatsiyasi Hindistonga uchib ketdi

Avval xabar berganimizdek, FVV qutqaruvchilar jamoasi Hindiston (Nyu-Deli shahri)da o‘tkazilayotgan Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning idoralari rahbarlarining o‘ninchi yig‘ilishi doirasida zilzila vaqtida shahar sharoitida qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etish borasidagi o‘quv mashqida ishtirok etishmoqda. Bugun Favqulodda vaziyatlar vaziri o’rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Hindiston poytaxtiga jo’nab ketdi.

Rasmiy uchrashuv doirasida, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlar jarayonini muhokama qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish borasida kelgusidagi ishlarni belgilab olish rejalashtirilgan.

Uchrashuv doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar to‘g‘risida veb-saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali xabardor qilamiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech