FVV ogohlantiradi:
28 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, shimoliy cho‘l hududlarida 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi delegatsiyasi Tojikiston Respublikasiga tashrif buyuradi 

2018 yilning 14-15 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari A.Qo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va Fuqaro mudofaasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda Hay’at kengashida ishtirok etish uchun  Tojikiston Respublikasiga tashrif buyuradi.

Ma’lumki, joriy yilning 9 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Tojikiston Respublikasiga tashrifi doirasida tomonlar o‘rtasida Favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolangan.

Mazkur tashrif doirasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinadi. SHuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, ikki mamlakatning gidrometeorologik xizmatlari vakillari bilan “YUqori tog‘li hududlardagi ko‘llarning holatini o‘rganish, ularning yorib chiqib ketishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar” mavzusida hamkolikda davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech