Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari Sankt-Peterburg shahrida malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislarining to‘rtinchi guruhi uchun joriy yilning 16-25-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sankt-Peterburg Davlat yong‘inga qarshi xizmati universitetida malaka oshirish dasturi  bo‘yicha “Sud yong‘in-texnik ekspertizasi ob'ektlarini o‘rganishda dala instrumental usullari” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘quv kurslari universitetning tajribali o‘qituvchilari tomonidan ma'ruza va amaliy mashg‘ulot tarzda olib borildi.

Shuningdek, o‘quv mashg‘uloti dasturida yong‘in sinov laboratoriyasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi ham o‘rin oldi. O‘quv mashg‘ulotlari yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech