FVV ogohlantiradi:
31-oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda еsadi. Harorat kechasi 2-7*S iliq, kunduzi 17-22*S iliq bo'ladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI OGOHLANTIRADI!

Hurmatli fuqarolar hamda tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari.

Ob-havo haroratining keskin pasayishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalariga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etmaslik oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlarning is gazidan zaharlanishi holati kuzatilishi mumkin.

Shu munosabat bilan, bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yong‘in va xavfsizlik talablariga rioya qilishingizni so‘raymiz:

  • qo‘lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;
  • oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
  • isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor bering;
  • isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamang;
  • isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling;
  • gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;
  • agarda xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda gaz xizmatiga zudlik bilan xabar bering.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qoidalarga rioya etish orqali Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni ko‘ngilsiz hodisalardan saqlagan bo‘lasiz.

 FVV Matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech