2018 yil 14 avgust kuni Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari va Tojikiston Respublikasi hukumati qoshidagi Favqulodda vaziyatlar va fuqarolar mudofaasi qo'mitasi mas`ul hodimlari o'rtasida qo`shma xay`at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig`ilish doirasida ikki davlat o`rtasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va ularni oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari muhokama qilindi.
Yig`ilishdan ko`zlangan maqsad 2018-2019 yillarda аholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va ularni oqibatlarini bartaraf etish sohasida o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish mo`ljallangan.
Hay`at yig`ilishi so`ngida soha yo`nalishidagi bir qator idoraviy hujjatlarni amaliyotga tadbiq etsh yuzasidan chora tadbirlar rejasi imzolandi.