FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari Sankt-Peterburg shahrida malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari 2021-yil 18-oktyabrdan 27-oktyabrgacha Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sankt-Peterburg Davlat yong‘inga qarshi xizmati universitetida qo‘shimcha kasbiy ta‘lim dasturi doirasida tahsil oldilar. Mashg‘ulotlar ikki yo‘nalish bo‘yicha olib borildi: “Sud yong‘in-texnik ekspertizasi ob‘ektlarini o‘rganishda yonish sabablarini aniqlash va tasniflash” va “Sud yong‘in-texnik ekspertiza ob‘ektlarini o‘rganishda rentgen fazali tahlil”.

O‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sankt-Peterburg Davlat yong‘inga qarshi xizmati universiteti o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida o‘tkazildi. Eslatib o‘tamiz, ushbu hujjat 2021-yil oktyabr oyi boshida imzolangan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech