Respublika hududida yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ular sodir bo‘lganda tezkorlik bilan oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy va tarkibiy tuzilmalari «Kuchaytirilgan» ish tartibiga o‘tkazildi.
Vazirlikning maqsadi, yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida xavfsizlikni ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishdir.
Bu maqsadlarga erishish uchun, Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda, yurtimiz aholisiga yangi yil archalarini xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda o‘rnatish va bezatish, elektr va gaz jixozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda is gazi va ovqatdan zaharlanishlarni oldini olish borasida tushuntirish ishlari keng qamrovda olib borilmoqda.