FVV ogohlantiradi:
31 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimol hamda cho‘l hududlarida 40-42*S gacha issiq bo‘ladi.

O`zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti magistraturasiga 2019-2020 o`quv yili uchun qabul e`lon qiladi

Institut magistraturasiga nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  1. Mutaxassisligi ko`rsatilgan holda belgilangan shakldagi ariza;
  2. Oliy ma`lumoti to`g`risidagi diplom va ilovasining asli;
  3. 6 dona 3.5 x 4.5 hajmdagi rangli fotosurat;

    4.Xodimlarni xisobga olish bo`yicha shaxsiy varaqa (harbiy xizmatga aloqadorlik bo`yicha) yoki harbiy guvohnoma;

  1. Mehnat daftarchasidan nusxa (agar bo`lsa);
  2. Idora va tashkilot rahbarlarining yo`llanmasi (tegishli sohada faoliyat olib borayotganlar uchun);

    7.Hujjatlarni taqdim etilishi jarayonida nomzodlar pasporti yoki harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini taqdim etadilar.

 Institut magistraturasiga hujjatlarni joriy yilning 6 iyuldan kunidan 31 iyul kuniga qadar qabul qilinadi.

 Fuqaro muhofazasi instituti qabul komissiyasi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech